VOYEVODA
VOYEVODA (ruscha) — 1) qo’shin boshlig’i, slavyan xalqlarida hukmdor. Rusda 10-asrdan ma’lum. Rossiya davlatida — polk, otryad (15-asr oxiri — 18-asr boshi), shahar (16-asr o’rtasi — 1775) va viloyat (1719-75) boshlig’i. 2) (Voyevodlik) — Polshadagi asosiy ma’muriy- hududiy birlik.