XALAPA

XALAPA — Meksikaning Sharqiy qismidagi shahar. Verakrus shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 390 ming kishi (2000). Transport yo’llari chorrahasi. Plantasiya xo’jaligi (kofe, shakarqamish, tamaki) rnining savdo markazi. Oziq-ovqat, mashinasozlik, to’qimachilik, yog’ochsozlik, tsellyulozaqog’oz sanoati korxonalari mavjud. universitet, antropologiya muzeyi bor. Shaharga 16-asrda asos solingan. Mustamlakachilik davrida qurilgan me’moriy yodgorliklari saqlangan. Turizm markazi.