Xalfa

Xalfa-aslida xalifa, lekin xalfa talaffuzi bilan XX asr boshlariga qadar yana quyidagi ma’nolarni anglatgan: 1. Eski maktablarda o’quvchilarga yetakchilik va maktabdor domlaga dastyorlik qilgan bola. Xalifani domla tayinlagan. Domla yo’q vaqtlarda u mashg’ulotni davom ettirgan. Yoshligida xalifalik qilgan bolalar keyinchalik maktabdor bo’lganlar. 2. Ustadan bir pog’ona past darajali shaxs. Masalan, bo’zchilik, mahsido’zlik, duradgorlik kabi kasblarda shogirdlarga xalfa boshchilik qilgan va ish o’rgatgan.