Xalil Mardambek
Xalil Mardambek (Mardambey) (1895 — Damashq — 1959.21.7) — Arab shoiri, adabiyotshunos, davlat arbobi (Suriya). London universitetini tugatgan (1929). Damashqdagi Arab Fanlar Akademiyasi a’zosi (1925) va prezidenti (1953-59), Qohiradagi Arab tili akademiyasi a’zosi (1948 yildan), Iroq Fanlar Akademiyasi a’zosi (1949 yildan), Suriya hukumatida maorif (1948) va tashqi ishlar (1953) vaziri. Xalil Mardambek Suriya adabiyotshunosligi rivojiga katta xissa qo’shgan, Damashqda “Arrobita va-ladabiiya” (“adabiy aloqalar”) adabiy jamiyati (1921) va shu nomdagi adabiy jurnal (1929), shuningdek, “assaqofa” (“Madaniyat”) adabiy jurnal asoschilaridan. “Suriya shoirlari” (1-3-jildlar, 1954), “Arab adabiyoti tarixi” (1—5 Jildlar, 1955) monografiyalarining muallidi. O’rta asr Arab shoirlari Ibn Xayyus, Ibn Unayn, Ali ibn alJaxma as-Somiy va boshqalarning devonlarini izohlar bilan nashr ettirgan. Xalil Mardambekning arablar birligiga da’vat etuvchi she’rlari va she’riy dramalarida millatparvarlik ohanglari kuchli. She’rlar devoni shoirning vafotidan so’ng nashr etilgan.