XALQ

XALQ — 1) muayyan mamlakatning barcha aholisi; 2) umumiy tarixiy taqdir, o’xshash turmush tarzi belgilari va axloqiy qadriyatlar, shuningdek, yagona tarixiy jamoaga mansublik hissi asosida birlashuvchi ijtimoiy guruhlar birligi; tarixiy birlikning turli shakllari (qabila, elat, millat). Xalqlarning kelib chiqqan tarixini (etnogenezini) va shakllanish jarayonini o’rganishda ijtimoiy fanlarda ―etnos (yun. ―xalq) va ―etnik birlik iboralari qo’llaniladi.