XALQARO KONVENSIYALAR
XALQARO KONVENSIYALAR — xalqaro shartnoma turlaridan biri; davlatlarning, odatda, biron bir ixtisoslashgan sohada o’zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Ko’p tomonlama Xalqaro konvensiyalar umumiy xarakterdagi normalarni o’z ichiga oladi (masalan, xalqaro gumanitar huquq bo’yicha 1899 va 1907-yillardagi Gaaga konvensiyalari, 1949- yildagi Jeneva konvensiyalari). Aksariyat Xalqaro konvensiyalar BMT va uning ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.
O‘xshash so‘zlar
- XALQARO SUD
- XALQARO SUD
- Xalqaro huquq
- XALQARO HUQUQ
- XALQARO SAVDO
- Xalqaro kredit
- XALQARO KREDIT
- Xalqaro tillar






