Xaltsidlar
Xaltsidlar (Chalcidoidea) pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning katta oilasi. 27 oila, 8 mingga yaqin turi mavjud. Tanasining uzunligi 1-3 (ayrimlariniki 10)mm. Rangi yashil, qora yoki sariq bo’lib, tovlanadi. Mo’ylovi kamida 15 bo’g’imdan iborat. Old yelka, odatda, qisqa, qanot qopqog’iga yetmaydi. O’rta yelkasi ba’zan bo’ylama egatli. Xaltsidlar turli hasharotlar — koktsidlar, o’simlik bitlari (shiralar), ikki qanotlilar va boshqalarning ichki yoki tashqi parazita. Xaltsidlar orasida ikkilamchi parazitlar, ya’ni foydali birlamchi parazitni nobud qiladigan parazitning parazitlari (o’ta parazitlari) ham bor. Lichinkalari parazitlik qilib yashaydi. Rivojlanishning turli fazasidagi hasharotlar xo’jayinlik vazifasini o’taydi. Parazit, odatda, xo’jayinga tuxum qo’yadi. Mavsumda 7 avlod beradi. Xaltsidlar dan ko’pgina qishloq xo’jaligi zararkunanda hasharotlariga qarshi biologik kurashda foydalaniladi. Ayniqsa, Xaltsidlardan afelinus va trixogramma katta amaliy ahamiyatga ega.