XAMAMASU

XAMAMASU — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu oroli Markaziy qismining Janubda. Aholisi 582,1 ming kishi (2000). Baliq ovlash porti. Mototsikllar ishlab chiqarish va mashinasozlik tarmoqlarining yirik markazi. Kimyo, to’kimachilik, yog’ochsozlik korxonalari mavjud. Musiqa asboblari ishlab chiqariladi. Budda ibodatxonasi bor. Turizm rivojlangan.