Xamanayi Sayd Ali Husayniy

Xamanayi Sayd Ali Husayniy (1939.15.7, Mashhad) — Eron davlat arbobi, Oyatulloh (1989). 1964 yilgacha qum, keyinchalik Mashhadda diniy ta’lim olgan. Oyatulloh Humayniyttg shogirdi. 1962 yil Humayniy rahbarligidagi islom harakatiga qo’shilgan. 1963 yildan bir necha marta qamoq va surgunda bo’lgan. 1979 yilgi shohga qarshi inqilobda Mashhaddagi Islom harakatiga boshchilik qilgan. Monarxiya ag’darilgandan so’ng, 1979-80 yillarda Islom inqilobiy kengashi (davlat hokimiyatining oliy organi) a’zosi, mudofaa vaziri o’rinbosari, “Islom inqilobi posbonlari” korpusi qo’mondoni, Oyatulloh Humayniyning Oliy mudofaa Kengashdagi vakili lavozimlarida bo’lgan. 1980-81 yillarda Islom kengashi Majlisi (parlament) deputati. 1981 yil oktabrdan Eron Islom Respublikasi prezidenti, Oliy mudofaa kengashi raisi. Humayniy vafotidan so’ng, 1989 yil 4 iyundan Eron Islom Respublikasi rahbari.