Xammurapi

Xammurapi — Bobil podshosi (miloddan avvalgi 1792-1750). Uning davrida Bobil davlati ravnaq topgan. Amorey qabilasidan. Mohir siyosatchi va sarkarda bo’lgan. Xammurapi harbiy kuch va diplomatik yo’l bilan o’z podsholigining dastlabki 35 yilida Ossuriya, Mesopotamiyaning Janubiy va o’rta qismini Bobilga tobe ettirgan. Xammurapi davrida tovar-pul munosabatlari rivojlangan, xususiy quldorlar xo’jaligi kuchaygan, davlatning Markazlashuvi va podsho hokimiyatining mustahkamlanishi jarayoni o’sgan; Xammurapi qonunlari quldorlik tuzumi huquqining xarakterli belgilarini uzida aks ettirgan qadimgi Sharq huquqining qimmatli yodgorligi sanaladi. Xammurapi qonunlari 282 moddadan iborat bo’lib, huquqning ayrim sohalariga tegishli sud prosessi, mulk huquqi, mulkning turli ko’rinishlari, erga egalik, nikoh-oila, meros huquqi va boshqa masalalarni o’z ichiga oladi. Xususiy mulkchilikni, ayniqsa, quldorlikni qattiq himoya qilgan. Masalan, unda qulni o’g’irlaganlik, qochgan qulni yashirganlik uchun o’lim jazosi belgilangan.