Xanchjou
Xanchjou — Xitoyning Sharqiy qismidagi shahar, Chjetszyan provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 6,1 million kishi (1998). Transport yo’llari chorrahasi. Sharqiy Xitoy dengizi sohilidagi, Fuchuntszyan daryosi va Buyuk kanal bo’yidagi yirik port. Ipak sanoati markazi. Mashinasozlik, kimyo, rezina, oynashisha, tsement, jut sanoati korxonalari mavjud. Choy qayta ishlanadi. Eksport uchun bambuk buyumlar va ipakchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. universitet bor. Iqlim kurorti. Shaharga 6-asrda asos solingan. 1129— 1279 yillarda Janubiy Sun sulolasi poytaxti bo’lib, Linan deb atalgan. Mo’g’ullar istilosi vaqtida vayron qilinib, 1356 yilda qayta qurilgan. Me’moriy yodgorliklaridan Sixu ko’lining shimolda, Gushan tog’i yon bag’rida o’rta asrlarda qurilgan bog’me’morlik ansambli, shuningdek, budda ibodatxonasi, Pagodalar saqlangan. Turizm rivojlangan.