XARITA-DIAGRAMMA
XARITA-DIAGRAMMA (xarita va diagramma) — biror hodisaning jamlangan mutlaq raqamli qiymatini xaritada ko’rsatilgan ma’muriyhududiy birlik bo’yicha taqsimlanishini diagrammalar yordamida tasvirlash usuli. Xaritadan ko’rgazmali taqqoslash uchun foydalaniladi (masalan, viloyat yoki tumanlar bo’yicha qishloq xo’jalik ekinlari maydoni, yalpi hosili va boshqalar). Ular alohida tasvirlash usuli sifatida, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy mavzuli xaritalarni (masalan, aholi va mehnat resurslari, sanoat, qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi, ijtimoiy infrastruktura va hokazolar) yaratishda keng qo’llaniladi. Diagrammalar uzunligi, maydoni va hajmi tasvirlanayotgan miqdorlarga proportsional bo’ladi.