Xaritagrafik tadqiqot usuli

Xaritagrafik tadqiqot usuli — voqea-hodisalarni bilish, ilmiy tahlil qilish va oldindan aytib berish uchun tayyor geografik xaritalardan foydalanish usuli. Xaritagrafik tadqiqot usuli quyidagilardan iborat: 1) xaritalarga qarab voqeahodisalarning joylashishi, aloqalari va dinamikasini bevosita ko’z bilan aniqlab tahlil qilish; 2) grafik tahlil — xaritalar asosida profillar va kesmalar chizish, blok diagrammalar, grafiklar va boshqa diagrammalar tuzish; 3) grafoanalitik ishlar — xaritada tasvirlangan ob’yektlarning koordinatalari, masofalari va balandligi, maydoni, hajmi, burchagi va boshqa xususiyatlarini xaritadan aniqlash; 4) bir xil voqea-hodisalar (havo temperaturasi, aholi zichligi, hosildorlik va boshqalar)ni xaritalarga qarab tadqiq etishda ko’llaniladigan matematikstatistik tahlil; 5) xaritadan olingan dastlabki ma’lumotlar asosida voqea-hodisalarni matematik-xaritagrafik modellashtirish. Bular ko’pincha birgalikda ishlatiladi.