Xaritagrafik tur
Xaritagrafik tur – xaritalar da meridian va paralyaellarning o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan to’r. Chiziqlar xarita masshtabi va belgilanishiga ko’ra turli intervaldagi gradus, minutlardan o’tkaziladi. O’rta va yirik masshtabli xaritalarda Xaritagrafik tur ko’rsatilmaydi, xarita ramkalarida meridian va parallellar o’rni ko’rsatiladi. Xaritalarni tayyorlashda Xaritagrafik tur xaritagrafik tasvirni yaratish uchun sinch (asos) vazifasini bajaradi. Xaritadan foydalanishda yer ellipsoididagi nuqtalar koordinatalarini aniqlashga, xaritaga nuqtalarni ularning koordinatalari bo’yicha tushirishga, chiziqlar yo’nalishini dunyo tomonlariga nisbatan o’lchashga, xaritaning istalgan joyida masshtablari va xatoliklarni hisoblab chiqarishga imkon beradi. Xaritagrafik turda parallellarning hisobi ekvatordan boshlanadi. 1884 yilgi xalqaro kelishuvga muvofiq, Grinvich meridiani bosh meridian deb qabul qilingan.