XARIZMA
XARIZMA (yun. charisma – ilohiy qobiliyat) — biror shaxsning boshqalarga nisbatan alohida xususiyatlarga egaligi (donoligi, qahramonligi, avliyoligi) va shu xususiyat yordamida xalqni boshqarishga haqli ekanligini ifodalaydigan tushuncha. Xarizma tushunchasini ilk bor italiyalik ruhoniy S.Paul mo’jizaviy qobiliyatga ega bo’lgan Iso payg’ambarga nisbatan ishlatgan. Ammo Xarizmani ilmiy tushuncha sifatida M.Veber chuqur tadqiq qilib, uni ― Xudo bergan ne‘mat deb nomlagan. Qadimgi davrlarda faqat ilohiy mazmunga ega bo’lgan tushuncha vaqt o’tishi bilan olimlar tomonidan real hayotga tadbiq etila borib, ilohiy qobiliyatga ega bo’lmagan, ammo alohida xususiyatlarga, yuksak fazilatlarga ega bo’lgan yetakchi tarixiy shaxslarga nisbatan ham ishlatila boshlangan.