Xarratov Matyoqub Qurbon Xarrot (duradgor) o’g’li
Xarratov Matyoqub Qurbon Xarrot (duradgor) o’g’li (1867, Xiva — 1939, Urganch) — xalq sozandasi (tanbur, dutor, g’ijjak), maqomchi, xattot. Xudoybergan muhrkan, Niyozjon Xo’ja va Komil Xorazmiylarning shogirdi va izdoshi. Komil Xorazmiy ixtiro etgan “tanbur chizig’i”ni takomillashtirishda va uning vositasida Xorazm maqomlarini notaga olishda ijrochi, tadqiqotchi va xattot sifatida Muhammad Rasul Mirzaboshi bilan hamkorlik qilgan (188691). Muhammad Rahim II saroyida sozanda va maqomchilar ustozi (1888-1906). Xiva musiqa maktabida o’qituvchi (1923— 28), Sozchilar uyushmasi ansambli (1928-32) va Urganch teatri (1932— 39)da sozanda. Xarratovdan San’atshunoslik instituti xodimlari E. Romanovskaya, Il. Akbarovlar 1934 yil tanbur ijrosida Xorazm maqomlarining cholg’u yo’llarini yozib olgan (“Xorazm klassik musiqasi”, T., 1939). G’ijjak uchun “xarrotiy” nomli kuy yaratgan. Ad.: Olimboeva K., Ahmedov M ., O’zbekiston xalq sozandalari, T., 1959.