XARTUM MADANIYATI
XARTUM MADANIYATI – Sudandagi neolit davri (miloddan avvalgi 7-ming yillik oxiri — 4-ming yillik)ga mansub madaniyat. Xartum shahri yaqinidan topilgani uchun nomi shundan. Manzilgohlardan mikrolitlar, tosh iskana va boltalar, yorg’uchoqlar, sopol buyumlar topilgan. Aholi baliq ovlash, terimchilik, ovchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan.