Xeliseralilar

Xeliseralilar (Chelicerata) bo’g’imoyoqlilar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar kenja tipi. Uzunligi 0,05 millimetrdan (ayrim kanalar) 1,8 metrgacha (qazilma yevriptidlar). Xeliseralilarning boshi va 6 ta, ko’krak bo’g’imi qo’shilib, boshko’krakni hosil qiladi. Qorin qismi 12 bo’g’imdan, soda Xeliseralilarda oldingi qorin (7 bo’g’im) va keyingi qorin (5 bo’g’im)dan iborat (chayonlar). Boshko’krakda 6 juft o’simta bor, ulardan oldingi 2 juft og’iz teshigi oldida (xeliseralar) va orqasida (pediapalpalar), keyingi 4 jufti yurish oyoqlari hisoblanadi. Qorin oyoqlari qoldig’i o’zgarib jabralar, o’pka, taroqsimon o’simtalar, o’rgimchak so’gallarini hosil qiladi. 2 sinf: merostomalar va o’rgimchaksimonlarga bo’linadi. Merostomalar, asosan, dengizlarda yashaydi; ko’pchiligi qirilib ketgan. Xeliseralilarning 54000 ga yaqin turi mavjud.