Xershi (Hershey) Alfred dey
Xershi (Hershey) Alfred dey (1908.4.12, Lansing Michigan shtati) — amerikalik genetik va virusolog, Amerika fan va san’at akademiyasi a’zosi. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1958 yildan). Michigan universitetini tugatgan (1930). 1934-50 yillarda Vashington universitetida dars bergan. 1950 yildan karnegi institutida ishagan (1962 yildan direktor). Ilmiy faoliyati bakteriofaglar genetikasi va DNK virusi kimyosiga oid. Xershi bakteriofaglar xromosomasining genetik xaritasini tuzdi; bakteriofaglar irsiyatini tashuvchisi uning DNK si ekanligini aniqladi. Nobel mukofoti laureati (1969, Sh.Delbryuk va S.Luriya bilan hamkorlikda).