Xeuors (Haworth) (Gevort, Xevort) Uolter Normen
Xeuors (Haworth) (Gevort, Xevort) Uolter Normen (1883.19.3, Chorli — 1950.19.3, Birmingem) — ingliz organik kimyogari. London Qirollik jamiyati a’zosi (1928 yildan). Manchester universitetida (1911), Shotlandiyadagi Sentandrus universiteti kollejida ishlagan (1912 yildan prof.). Nyukasldagi Darxem universiteti (1920-25), Birmingem universiteti (1925-48) professor. Asosiy ilmiy ishlari uglevodlar kimyosiga oid. Metilsulfat va ishqorlardan foydalanib kandlarning metil efirlarini olish usulini taklif etgan (1915). Bu usul uglevodlar tuzilishini o’rganishda muhim rol o’ynagan. S vitaminning tuzilishini aniklagan va uni ilk bor sintez qilgan (1933, T. Reyxshteyn bilan bir vaqtda). Nobel mukofoti laureati (1937).