XINAYANA
XINAYANA (sanskritcha “kichik arava” yoki najot topishning “tor yo’li”) — buddizmning (maxayana bilan birga) ikki asosiy oqimdan biri, uning monaxlik shakli. Xinayanada sansara iskanjasidan xalos bo’lishga intiluvchining o’zi qiladigan harakati asosiy ahamiyatga ega. Xinayananing asosiy qoidalari miloddan avvalgi 1-asrdan ilgariroq yozilgan matnlarda, shu jumladan, Tripitakada bayon qilingan.