Xinolin
Xinolin, 2, 3 benzopiridin, C9H7N — geterosiklik birikma; o’ziga xos hidli rangsiz sutokdik. Molekulyar modda 129,15. Qaynash temperaturasi 238°; suvda oz, spirt va efirda yaxshi eriydi. Xinolin — kuchsiz asos, kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Toshkumir smolasida bo’ladi. Sun’iy yo’l bilan ham olinadi. Oltingugurt, fosforni erititshtsa, aromatik kislotalarni dekarboksillashda va boshqa reaktsiyalarda ishlatiladi. Xinolin hosilalari (masalan, plazmosid, plazmoxin, sovkain, atofan va boshqalar) tibbiyotda dori sifatida ishlatiladi. Xinolin tsianin bo’yagichlar ishlab chiqarishda qo’llanadi; ko’pgina alkaloidlar Xinolin hosilalaridir.