Xisorak qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Xisorak qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Andijon oblastining Chust rayonida. Toponimning birinchi qismi Xisar so’zi bo’lib, V.I.Savinaning fikricha Eron toponimiyasida hozir ham juda sermahsuldir, masalan, Xisarisurx, Xisoriamir, Xisoribola kabi nomlar tarkibida kelgan. Xisor asli arabcha so’z bo’lib, keyinchalik eron tillariga va asta-sekin O’rta Osiyoning boshqa xalqlari tiliga o’tgan. Xisor “qal’a, qo’rg’on, shahar atrofidagi devor atrofi o’ralgan qo’rg’on” ma’nolarini anglatadi. –ak kichiklik bildiruvchi qo’shimcha. Xisorak “qal’acha, kichik qo’rg’on” deb ma’nodadir. Xisorak toponimi Qashqadaryo oblasti Shahrisabz rayonida ham bor.

Leave a Reply