Xlorid kislota
Xlorid kislota, NS1 bir asosli kuchli kislota; vodorod xloridning suvdagi eritmasi. Rangsiz tiniq suyuklik, vodorod xlorid hidi keladi; Xlorid kislotaning maksimal kontsentrasiyasi 36% dan oshmaydi; bunday kontsentrasiyadagi eritmaning zichligi 1180 kg/m3, u havoda tutaydi. 16-asrning oxirida Xlorid kislota osh tuzini temir kuporosi bilan qizdirib olingan. 17-asr o’rtalarida nemis kimyogari I. Glauber NaCl ga H2SO4 ta’sir ettirib Xlorid kislota olgan. Sanoatda Xlorid kislota S12 va N2 ni biriktirish yo’li bilan olinadi. Organik birikmalarni xlorlashda yonaki mahsulot sifatida ko’p miqdorda NS1 hosil bo’ladi. 24% va undan ortiq NS1 bo’lsa, “kontsentrlangan” kislota deyiladi. Xlorid kislota kuchli kislota; u suvdagi eritmasida N+ va S1~ ionlarga to’la dissotsilanadi. Xlorid kislota turli metall xloridlari va xlorli organik mahsulotlar olishda, metallar sirtiga ishlov berishda, turli xil idishlarni, burg’ilash trubalarini karbonatlar, oksidlar va boshqalardan tozalashda, metallurgiyada” rudalarga ishlov berishda, ko’nchilik sanoatida terini oshlashda, laboratoriyada ishlatiladi. Xlorid kislota shisha ballonlarda yoki ichiga rezina qoplangan metall idishlarda saklanadi va tashiladi. Gazsimon NS1 — zaharli, o’tkir xidli rangsiz gaz; havoda tutaydi. Qaynash temperaturasi — 84,8°, zichligi 1640 kg/m3. Suvda juda yaxshi eriydi. Xlorid kislota va organik birikmalarning xlorli hosilalarini ishlab chiqarishda qo’llanadi. U kishiga uzoq vaqt ta’sir etganda nafas yo’llarining yallig’lanishiga, tishning va me’da-ichak faoliyatining buzilishiga sabab bo’ladi. Kontsentrlangan NS1 bilan ishlaganda protivogaz, rezina qo’lqop, poyabzal va fartuk kiyish, ko’zoynak taqish kerak. Me’da shirasida 0,3% gacha Xlorid kislota bo’ladi, u ovqat hazm bo’lishiga va kasal qo’zg’atuvchi bakteriyalarni o’ldirishga yordam beradi. Tibbiyotda me’da shirasida kislota yetishmaganda buyuriladi.