Xlorofill
Xlorofill (Yunoncha chloros — yashil va phyllon — barg) — o’simliklarning yashil pigmenti, yuksak o’simliklarning xloroplastlarppya, tuban o’simliklar (suvo’tlar)ning xromatoforalarida joylashadi. Kimyoviy tarkibi — gemoglobinga yakin turadi. Xlorofillning biologik xususiyati yorug’lik energiyasini o’zlashtirish va uni organik moddalarning kimyoviy energiyasiga aylantirishdan iborat. Xlorofillni birinchi marta frantsuz olimlari P. Pelte va J. Kavantu yashil rang sifatida o’simlik bargidan ajratishgan (1818). Rus olimi M. S. Svet bir-biriga o’xshash ikkita yashil pigment Xlorofill “o” va Xlorofill “v”ni kashf etgan (1910). Xlorofillni 1960 y. amerikalik kimyogar R. B. Vudvord xodimlari bilan to’la sintez qilib oldi. Xlorofillning miqsori o’simliklar turiga, bargning joylashishiga va boshqa sharoitlarga bog’liq. Xlorofill etishmasa o’simliklar o’sishi susayib, barglari sarg’ayadi. Bu esa o’simliklarda xloroz kasalligini qo’zg’atadi.