XO

XO — Hindiston (Bihar shtati) dagi munda guruhiga mansub xalq. 1,2 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Munda lahjasida so’zlashadi. Dindorlari — hinduizmga e’tiqod qiladi. Asosan, dehqonchilik, ovchilik va baliq ovlash bilan shug’ullanadilar.