XOBART
XOBART — Avstraliyadagi shahar, Tasmaniya orolida, Deruent daryosi bo’yida joylashgan. Tasmaniya shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 194,2 ming kishi (1999). Storm qo’ltig’i sohilidagi port. Transport yo’llari chorrahasi. Rangli metallurgiya, avtomobilsozlik va kemasozlik, tsement, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Botanika bog’i, kartinalar galereyasi, universitet bor. Shaharga 1804 yilda asos solingan.