XO’JA AHMAD ABBOS

XO’JA AHMAD ABBOS (1914.7.6, Panipat sh. — 1987, Bombay) — hind yozuvchisi, kinodramaturg, rejissyor. Urdu va ingliz tillarida ijod qilgan. Talabalik yillaridayoq milliy ozodlik harakatida ishtirok qilgan. “Ertangi kun bizniki” (1945), “to’rt qalb, to’rt yo’l” (1959) kabi romanlarida, qo’p sonli hikoyalari (“o’g’lim — dushmanim”, “tosh to’shak ustida ming kecha”, “guruch” va boshqalar) da, “Zubayda” (1941), “ananas va atom bombasi” (1943), “Mangulik” (1951) kabi pesalarida, “daydi”, “Janob 420”, “uch dengiz osha sayohat” (M. Smirnova bilan hamkorlikda) filmlariga yozgan stsenariylarida jiddiy ijtimoiy muammolar yoritilgan, bu asarlar kuchli dramatizmi bilan diqqatga sazovor. Rejissyor sifatida dastlabki asari — ingliz mustamlakachilarini ayblovchi “yer farzandlari” filmi (1946)da xalq turmushi real aks etgan. “Shahar va orzu”, “Bombay tun ogushida”, “ikki tomchi suv” kabi filmlarida hayot haqqoniy tasvirlangan. Bombayda kino firmasi bor. Bir necha marta O’zbekistonga (jumladan, 2-Toshkent kinofestivali, 1972) kelgan.