Xoja Ahmad maqbarasi
Xoja Ahmad maqbarasi – Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (14-asr 60-yillari); Shohizinda xazirasining yuqori hovlisi (to’ri)da joylashgan. Maqbara peshtoqgumbazli, to’rtburchak tarhli (7,6×3 metr) xonadan iborat bo’lib, xona o’rtasida 4 ta Nomsiz sag’ana bo’lgan. Bino ichi, gumbaz osti tuzilishi 12-asr me’morligi uslubini eslatadi. Old tomondagi peshtog’i rangli sirkori koshinlar bilan bezatilgan, suls va kufiy xatidagi kitobalar va bezaklar mahorat bilan uyg’unlashtirilgan. O’ymakori bezaklar orasida “… amali usta faxr Ali…”yozuvi saqlangan. Xoja Ahmad nomi bitilgan yozuv qismi saqlanmagan. Tamg’och Bug’roxon vaqfnomasi shu manzidda Ahmad muqassis — qissago’y maqbarasi borligini qayd qilgan.