Xoja Sa’duddin
Xoja Sa’duddin, Xoja Sa’d Xoja Kalon Xoja (1531—Buxoro — 1589.23.10. ) — Jo’ybor xojalaridan, Buxoro Shayx ulislomi. Xoja Muhammad Islomnint o’g’li. Otasi vafoti (1563) dan so’ng uning o’rniga Abdullaxon II tomonidan Buxoro Shayx ul-islomi qilib tayinlangan. Abdullaxon II Xoja Sa’duddin fatvosisiz birorta jiddiy ishga qo’l urmagan. Xoja Sa’duddinga “qutblar qutbi” va “sayyidlar panohi” unvonlari berilgan. Xoja Sa’duddin otasi kabi katta yer-suv va ko’chmas mulk egasi bo’lgan. Abdullaxon II unga Badaxshondagi Arxang viloyati va Ko’lobdagi Vaxshni hadya etgan. Ad.: Ahmedov B., Tarihdan saboqlar, T., 1994; Husenov S, Rajabova I., Chor Bakr, T., 2001.