Xo’jayev Bobo

Xo’jayev Bobo (1916.15.6 Toshkent — 1993.3.1) —aktyor, rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967). Moskva o’zbek drama studiyasini tugatgan (1930). 1930-32 yillar Buxoro teatrida aktyor va rejissyor 1932-56 yillarda Respublikaning turli teatrlarida ishlagan. 1956-77 yillar O’zbekiston televideniyesida rejissyor Aktyor sifatida G’ofir (“boy ila xizmatchi”), Kalaf (“Malikai Turandot”), Karl Moor (“qaroqchilar”) kabi obrazlar yaratgan. “Uylanish” (N. Gogol), “Hamlet” (U. Shekspir; M. Uyg’ur bilan hamkorlikda), “Farhod va Shirin” (xurshid), “Gulsara” (K. Yashin), “Maysaraning ishi” (Hamza; M. Miroqilov bilan hamkorlikda), “Skapenning nayranglari” (Moler), “Front” (A. Korneychuk) va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.