Xokkaydo
Xokkaydo — Yaponiyaning shimoliy qismidagi orol, kattaligi bo’yicha 2-o’rinda (Xonsyu orolidan keyin). Tinch okean va uning Yapon va Oxota dengizlari o’rab turadi. Maydoni 77,7 ming km2 (atrofidagi orollar bilan 78,5 ming km2). Xokkaydo murakkab shaklga ega. Relefi, asosan, tog’li, eng baland joyi 2290 metr (Asaxi cho’qqisi). Harakatdagi vulkanlar bor. Teztez kuchli zilzilalar bo’lib turadi. Toshko’mir, oltingugurt, temir rudasi konlari bor. Iqlimi mo’tadil, mussonli iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -3° dan gradusgacha, iyulniki 17-21°. Yillik yog’in 800-1500 mm. Kuzda tayfunlar bo’ladi. Daryolari sersuv, gidroenergiyaga boy. Xokkaydo maydonining 60% o’rmon. Yirik shaharlari — Sapporo, Xakodate.