Xolid ibn Valid
Xolid ibn Valid, Xolid ibn Alvalid (? — 642) — qurayshiylardan bo’lgan Islom sarkardasi. Dastlab Muhammad (sav)ning ashaddiy raqiblaridan bo’lib, ayniqsa, musulmonlar jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz tugagan Uhud jangida alohida xizmat ko’rsatgan. Biroq, Rasululloh s.a.v.ning qarindoshlari bo’lgan Maymunaga uylanganlaridan so’ng, Islomni qabul qilib musulmonlarning eng Jasur sarkardalaridan biriga aylangan. Suriya (Shom)dagi Mu’ta jangidan so’ng u “Sayfulloh” (“Allohning qilichi”) faxriy nomini olgan. Payg’ambar vafotlaridan keyin soxta payg’ambar Musaylima izdoshlarini shafqatsiz jazolagan, 633 yil Qodisiya jangida forslarni yenggan, 635 yil Damashqni egallagan, 636 yil Vizantiya imperatori Xerakliy (Irakliy) qo’shinlarini Yarmuk jangida yengib, Falastin va Suriya (Shom)ni zabt qilgan. Xums shahrida vafot etgan.