Xolli (Holley) Robert Uilyam

Xolli (Holley) Robert Uilyam (1922.28.1, Erbana, Illinoys shtati, AQSh) — amerikalik biokimyogar. Illinoys shtati universitetini tugatgan (1942). Kornell universitetining turli ilmiy markazlarida, Dyu vino laboratoriyada (1943-47), qishloq xo’jalik tajriba stansiyasida (1948-57), o’simliklar, tuproq va o’g’itlar laboratoriyada (1957-64), molekulyar biologiya va biokimyo bo’limida (1965-66), Solka institutida ishlagan (1966 yildan). Nuklein ktalar tuzilishini o’rgangan. Alaninning tashuvchi RNK sida nukleotidlarning to’liq ketma-ketligini birinchi bo’lib aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1968, M. U. Nirenberg va X. G. Korana bilan hamkorlikda).