Xolmatov Hamid Xolmatovich

Xolmatov Hamid Xolmatovich (1923.4.5, Qozog’iston Respublikasi Jambul viloyati) — provizor olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1977), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan tibbiyot xodimi (1983). Farmatsevtika fanlari doktori (1976), professor (1976). Toshkent farmasevtika institutini tugatgach (1944), shu institut farmakognoziya kafedrasida aspirant (1944-47), assistent (1947-57), dotsent (1957-76), ayni vaqtda institut dekani (1953-59), o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha prorektor (195970), rektor (197085); 1985 yildan farmakognoziya kafedrasi professor. Ilmiy ishlari, asosan, O’zbekiston xalq tabobatida qo’llaniladigan, xususan, Ibn Sino ishlatgan dorivor o’simliklarni farmakognostik o’rganish va tibbiyotga tadbiq etishdan iborat. As: Farmakognoziya T., 1995.