Xomut (qisqich, chaspak)

Xomut (qisqich, chaspak) – uch tomonga ega bo’lgan sterjen ko’rinishidagi armaturali buyum bo’lib, to’g’ri burchak ostida bukilgan xomut ochiq xomut deb ataladi. Xomutlardan temir-beton to’sinlar, ustunlar va hokazolarning bog’langan karkaslarini ko’ndalang armaturalash uchun foydalaniladi. Masalan: ankerli xomut, burg’ulashga oid qisqich, qo’sh tarmoqli qisqich, siquvchi chaspak, mahkamlovchi xomut va hokazolar.