Xon

Xon-turkiy xalqlar va mo’g’ul hukmdorlarining unvoni. Dastlab qabila boshlig’i, keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiylar va Xorazmshohlar davrida viloyat yoki shahar hokimi, mo’g’ul feodal imperiyasida ulus boshlig’i xon deb atalgan. Mo’g’ul feodal imperiyasi inqirozidan so’ng tashkil topgan davlatlarda oliy hukmdor xon, podshohlik qilmagan Chingiziylar esa sulton deb yuritilgan. Qo’qon, Buxoro (1753 yilgacha) va Xiva xonligida hukmdorlar ham o’zlarini xon deb ataganlar.