Xona (uy, bo’lma, qism, katak)
Xona (uy, bo’lma, qism, katak) – 1) binoning devor bilan o’ralgan har bir alohida bo’lagi; 2) uy, maskan, makon. O’rni, mavqei, vazifasiga ko’ra xonalar har xil bo’lishi mumkin; xosxona, mehmonxona, oshxona, choyxona kabi. Masalan: vannaxona, yashash xonasi, istiqomat xonasi, boloxona, dam olish xonasi, yordamchi xona, o’tish xonasi, yotoqxona va hokazolar.