Xonazarov Abdushukur Abduxalilovich

Xonazarov Abdushukur Abduxalilovich (1939.3.1, Bo’stonliq tumani Soyliq qishlog’i) — o’rmonshunos muhandis olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989), qishloq xo’jalik fanlari Doktori (1984), professor (1995). O’zbekiston qishloq xo’jaligi Fanlar Akademiyasi akademik (1991). Toshkent qishloq xo’jaligi institutini tugatgan (1962). O’rta Osiyo o’rmon xo’jaligi ilmiy tadqiqot institutida kichik, katta ilmiy xodim, tog’meliorasiyasi bo’limi mudiri (1968-85; 1978-79 yillarda Afg’onistonda o’rmon xo’jaligi bo’yicha maslahatchi), shu institut direktori (1985 — 90), “O’zbeko’rmon” o’rmon xo’jaligi ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori (1990— 91), O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi raisi (1991— 2000), O’zbekiston o’rmon xo’jaligi instituti direktori (2001 — 2004), 2004 yil dekabrdan O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari — O’zbekiston qishloq xo’jalik ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh direktori, ayni paytda Toshkent agrar universiteti o’rmonchilik va o’rmon meliorasiyasi kafedrasi mudiri (1995 yildan). Ilmiy ishlari tog’yon bag’irlarida tuproq eroziyasi, sel hodisalari va ularga qarshi kurash, o’rmon melioratsiyasi, yong’oq mevali va tez o’suvchi daraxtlar sanoat plantasiyalarini barpo etish, ekologiya muammolariga bag’ishlangan. O’rmonchilik bo’yicha darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratgan. As: eroziya pochv i meliorasiya v gorax, M., 1983; Gornaya melioratsiya, M., 1993; O’rmonshunoslik, T., 2001; O’zbekistonda o’rmonzorlar barpo qilish asoslari, T., 2002; ihota daraxtzorlari va dehqonchilik, T., 2002.