XONTAXTA
XONTAXTA — ro’zg’or buyumi; yerda — palos, gilamga solingan ko’rpacha ustida o’tirib ovqatlanishda foydalaniladi. Xontaxta, asosan, to’rtburchak, doira shaklida (ba’zan ko’p qirrali) kalta oyoqli qilib ishlanadi. Yog’ochdan (ba’zan ustki qismi yupqa plastmassa qoplab) yasaladi. Xalq ustalari (o’ymakor va naqqoshlar) 5, 6, 8 qirrali Xontaxtalar yasab, ularni nafis islimiy naqshlar bilan bezatib amaliy san’at asariga aylantirgan xillari Respublika muzeylari va xususiy to’plamlarda saqlanadi.