Xorazmiy
Xorazmiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiy (10-asr) — tarixchi. Balxda tug’ilgan, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur saroyida xizmat qilgan. Somoniylar vaziri Utbiyga atab qomusiy asar “Mafotih alulum” (“ilmlar kaliti”) nomli asar yozgan. Asarda Arab tilida ko’p ishlatiladigan atamalarning izohlari berilgan. Atamalar fanlar bo’yicha alohidaalohida bo’lim (15 bo’lim) qilib berilgan. Ayniqsa, ma’muriy masalalarga (ish yuritish, soliqlar tartibi masalalari, suvdan foydalanish, shuningdek, ob-havo) oid bo’limlari muhim tarixiy ahamiyatga ega.