Xorok

Xorok (Lycopsis orientalis L.) — govzabondoshlarga mansub qishlaydigan bir yillik begona o’t. Poyasi mustahkam, tik o’sadi, yuqori kismi sershox, oq qilchasimon tuklar bilan qoplangan, bo’yi 20-40 santimetr. Barglari tukli, nashtarsimon, chekkalari butun, yuqrridagilari bandsiz. Gullari havorang, gajak to’pgulga yig’ilgan. Ildizi o’q ildiz. Mevasi yong’oqcha. May—sentabrgacha gullaydi va mevalaydi. Urug’idan ko’payadi. 10— 12° da urug’lari ko’karib chiqadi. Kuzgi nihollari ba’zan qishlaydi. O’rta Osiyoda tarqalgan. Don ekinlari va bedapoyalarda, paxta dalalarida begona o’t sifatida uchraydi. Ariq, kanal bo’ylarida, bog’, uzumzorlarda, sabzavotpoliz ekinlari orasida usadi. Kurash choralari: angiz yumshatiladi, yer chuqur haydaladi, begona o’tlar gullashigacha o’riladi. G’alla ekinlariga Gerbitsidlar purkaladi.