Xotinrabot
Xotinrabot — Kushonlar davriga oid shahar xarobasi (milodiy 1-4-asrlar — milodiy 11-12-asrlar). Surxondaryo viloyati Termiz tumani hududida joylashgan. 16 xonadan iborat xunarmand kulol uyi (21×18 metr) va ustaxonasi xarobalari qazib ochilgan. Zal yaxshi bezatilgan. Ohaktoshli ustun asoslari, sopol idishlar, haykalchalar va sopol pishiriladigan xumdonlar topilgan. Markaziy tepaning shimoliy qismida milodiy 11-12-asrlarda hayot qisman tiklangan. Markaziy tepadan 200 metr. Sharqda milodiy 16-17-asrlarga oid savdo toqi qoldiqlari ochilgan. Toqning tarhi asosida 8 qirrali zal va uning atrofida 8 xo’jalik xonalari bo’lib, zal tuzilishiga ko’ra gumbaz bilan yopilgan.