Xovrenko Mixail Aleksandrovich

Xovrenko Mixail Aleksandrovich (1866.17.3, Stepanakert shahri 1940. 24.11, Toshkent) — vinoshunos-kimyogar olim. O’zbekistonda vino sanoati tashkilotchilaridan biri. Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1892). “Magarach”da kimyogar vinochi, 1909 yildan Moskva qishloq xo’jalik institutida o’qituvchi, professor (1912). 1927 yilda “O’zbekvino” trestida bosh vinoshunos va O’rta Osiyo universitetida (Samarqand) professor. Kagor tipidagi va boshqa vinolar ishlab chiqarish texnologiyasini soddalashtirishga imkon beruvchi “Rozenshteynxovrenko usuli”ni taklif qilgan; portveyn va Madera tayyorlashda vinolarni issiq (haroratda saqlab) yetiltirish texnologiyasini ishlab chiqqan va bu usul korxonalarda ommaviy tarzda qo’llanila boshlandi. Xovrenko O’zbekistonda uzumchilik va vinochilik rivojiga katta hissa qo’shdi. O’zbekistonda ishlab chiqariladigan bir qancha vinolar, jumladan, likyor tipidagi markali “O’zbekiston” va markali “Hosilot” vinolari muallifi. 1940 yildan Samarqand Sharov kombinati uning nomi bilan atalgan.