XOY
XOY — Eronning shimoliy g’arbiy qismidagi shahar. G’arbiy Ozarbayjon ostonida. Aholisi 148,2 ming kishi (1997). Tabriz, Urmiya va Arzirum shahriga boradigan avtomobil yo’llari chorrahasi. Savdo markazi. To’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Gilam to’qiladi. Hunarmandchilikda uy-ro’zg’or buyumlari ishlab chikariladi.