Xrapovikli mexanizm, xrapovik

Xrapovikli mexanizm, xrapovik — mashinalar (velosiped, stanoklar, chig’irlar va boshqalar)da ilgarilama-aylanma harakatni bir yo’nalishdagi uzuq aylanma harakatga o’zgartirish uchun mo’ljallangan tishli mexanizm. Vazifasi mashinalardagi ish organining teskari tomonga aylanib ketishiga yo’l qo’ymaslik. Asosiy qismlari: bir tomonlama qiya tishli g’ildirakcha (xrapovik), tirak tilcha (sobachka), yetakchi ri v. chag, o’q, qo’shim 2 cha tirak tilcha. Yetakchi richagsoat mili yo’nalishiga teskari yo’nalishda harakatlanganda tirak tilcha xrapovikni muayyan burchakka buradi. Richag teskari yo’nalishda harakatlanganda tirak tilcha bir yoki bir necha tishga sirpanib o’tadi. Qo’shimcha tirak tilcha esa xrapovikning teskari tomonga aylanishiga imkon bermaydi. Xrapovikli mexanizm yuk ko’tarish mashinalarida chig’ir (lebyodka) barabanining yuk ta’sirida teskari tomonga o’zo’zidan aylanib ketishiga yo’l qo’ymaydi.