Xrizoberill

Xrizoberill (Yunoncha chrysos — oltin va berill) — murakkab oksidlarning kichik sinfga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi A12[Ve04]. Romb singoniyada kristallanadi. Donador agregatlar hosil qiladi. Yashil, sarg’ish, sariq, jigarrang, qizil, ba’zan rangsiz buladi. X.ning xrom tarkiblisi zumraddek yashil, elektr nurida binafsha rang, qizil tusda tovlanadigan xili Aleksandrit, tilla rangsariq, kukish tovlanadigani esa, tsimofan yoki mushukko’z deyiladi. Shishadek yaltiroq. Qattiqligi 8,5; zichligi 3,5—3,7 g/sm3. Mo’rt. Giltuproqli tog’ jinslarida yotgan granitli pegmatitlarda muskovit va berill bilan birgalikda yirik donalar shaklida uchraydi. Tarkibida ko’p Veo bo’lgan Xrizoberillli va fanakitli flyuorit metasomatitlari berilliy rudasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Myanma, Hindiston, Madagaskar oroli, Rossiya Federatsiyasi (Ural), Braziliya, Shri Lankada Xrizoberill konlari mashhur. O’zbekistonda Chatqol tog’larida mavjud. Tiniq, chiroyli turlari (aleksandrit, tsimofan) qimmatbaho tosh hisoblanadi. Zargarlikka oid eng yirik qirralangan Xrizoberill — “Xoup xrizoberill” (45 karat) Britaniya muzeyida saqlanadi.