Xrizolit, Peridot
Xrizolit, Peridot (Yunoncha Chrysos — oltin va lithos — tosh) — mineral, oliviyusht shaffof, oltin tusli, yashil rangli nafis turi. Tarkibidagi rangiga ta’sir qiluvchi FeO 8— 15% dan kam emas. Xrizolit prizma shaklidagi kristallar hosil qiladi. Murt. Kislotalarda yaxshi eriydi. Oson sayqallanadi. Kam uchraydi, asosan, kimberlitlar, ishqorli olivinli bazaltlar, serpentinlangan peridotitlar, ultraasosli ishqorli jinslarda hamda sochmalarda uchraydi. Qizil dengizdagi Zeberged orolida eng mashhur yirik kristallari topilgan. Xrizolit AQSh, Myanma, JAR, Rossiya Federatsiyasi (Saxa)da ham mavjud. Kddimda zargarlik ishlarida Xrizolit nomi boshqa yashil rangli qimmatbaho toshlar: demantoid (Granatning turi), oltinyashil rangli topaz, xrizoberill, vezuvianlarga ham qo’llanilgan.