Xromatoforalar
Xromatoforalar (Yunoncha chroma, chromatos — rang, bo’yoq, phoros — saqlaydigan, ega bo’lgan) — suvo’tlar tsitoplazmasi tarkibida uchraydigan organoid; fotosintezdya ishtirok etuvchi pigmentlarni saqlaydi. Xromatoforalar pigmentlarining tarkibi suvo’tlar turiga bog’liq. To’q qizil bakteriyalar hujayrasidagi pigment saqlovchi membranali pufakchalar ham Xromatoforalar deyiladi. Ularda fotosintezning boshlang’ich jarayonlari ro’y beradi. Xromatoforalar hujayra membranasining o’sishi va ichkariga botib kirishi natijasida hosil bo’ladi. Shuning uchun Xromatoforalar membranalar bilan tutashib turadi.