Xromosomalar

Xromosomalar (xromo… va Yunoncha soma — tana) — hujayrasidagi genlarni o’zida saqlovchi, hujayra va yaxlit organizm uchun xos xususiyatlarni belgilovchi organoidlar. O’z-o’zidan ko’payish xususiyatiga ega. Organizmlar Xromosomalari tuzilishi va funktsiyasiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. “Xromosomalar” terminini nemis Anatomi va gistologi V.Valdeyer taklif etgan (1888). Xromosomalar asosini oqsillar va nukleoproteidlar bilan bog’langan 2 zanjirli DNK molekulasi tashkil etadi. Xromosomalardagi irsiy axborot DNK molekulasining tuzilishi va uning genetik kodi orqali ta’minlanadi. Xromosomalardagi DNKning taxlanishi va RNK sintezini boshkarishda oqsillar ishtirok etadi. Xromosomalar tuzilishi va funktsiyasining o’zgarishi Xromosomalar subbirliklari — xromonemalarning spirallanishi bilan bog’liq. Spirallangan Xromosomalar hujayra bo’linishi metafazasida yorug’lik mikroskopda yaxshi ko’rinadi. Har bir xromosoma tsentromeralari orqali o’zaro tutashgan 2 ta xromatiddan iborat. Xromatidlar reduplikasiya natijasida hosil bo’ladi. Somatik hujayrlarda Xromosomalar diploid (2 tadan), ularning biri ona, 2-si ota organizmga tegishli. Jinsiy ko’payish (meyoz) da gomologik Xromosomalardan biri jinsiy hujayralarga o’tadi. Har xil turga mansub organizmlar bir-biridan Xromosomalar soni va ularning tuzilishi bilan farq qiladi. Hujayradagi barcha Xromosomalar kariotip (Xromosomalar to’plami)ni hosil qiladi. Kariotipda jinsiy Xromosomalar va autosomalar bo’ladi. Ayrim turlarda aynan shu tur uchun xos genlarga ega bo’lmagan qo’shimcha Xromosomalar ham uchraydi. Bakteriyalar va viruslar genetik apparata bir chiziqli yoki halqasimon, tsitoplazmadan yadro qobig’i orqali ajralmaganligi va taxlanmaganligi tufayli ularni shartli ravishda Xromosomalar deyish mumkin.